2024- yil yanvar-iyun oylarida viloyatning asosiy kapitalini ko‘paytirishga 31 921,2 mlrd. so‘m miqdorida investitsiyalar o‘zlashtirilib, o‘sish sur’ati 143,2 %ni tashkil qildi. Asosiy kapitalga kiritilgan jami investitsiyalarning 21 120,4 mlrd. so‘mi xorijiy investitsiya va kreditlar hisobiga to‘g‘ri keldi. Aholi jon boshiga asosiy kapitalga investitsiyalar 10 412,7 ming so‘mni tashkil etdi.
Asosiy kapitalga kiritilgan investitsiyalarning deyarli yarmidan ko‘p ulushi, ya’ni 58,5 foizi viloyatning 4 ta hududi, jumladan, Olmaliq shahri (32,1 %), Yuqori Chirchiq tumani (11,8 %), Angren shahri (8,4 %) Ohangaron tumani (6,2 %) hissasiga to‘g‘ri keldi.