2020- yilning yanvar-iyun oylariga nisbatan 2024- yil shu davrida savdo xizmatlari hajmi 3 397,6 mlrd. so‘mga oshib, 5 900,0 mlrd. so‘mni tashkil etdi.
2024- yil yanvar-iyun oylarida chakana savdo xizmatlari ulushi viloyat boʻyicha umumiy savdo xizmatlari hajmining qariyb to‘rtdan uch qismini, aniqrog‘i 66,1 %ini tashkil etdi (2023- yilning mos davrida chakana savdo xizmatlari ulushi 65,7 %ga to‘g‘ri kelgan). Hududlar kesimida eng yuqori savdo xizmatlari hajmi Zangiota tumanida 528,6 mlrd. so‘m va o‘sish sur’ati o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 110,5 % qayd etildi.