09/08/2024

Joriy yilning 8-avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligining “Korrupsiyaga qarshi ichki nazorat xizmati” bo‘limi boshlig‘i Botir Melikmurotov tomonidan boshqarmada xodimlarni huquqiy madaniyatini oshirish maqsadida seminar tashkil etildi. Unda boshqarma xodimlari ishtirok etishdi.


Shuningdek, seminarda O‘zbekiston Respublikasining 2017- yildagi “Korrupsiya to‘g‘risida"gi Qonuni hamda O‘zbekiston Respublikasining 2024- yildagi “Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida"gi Qonunlarining mazmun-mohiyati tushuntirib, xodimlarning korrupsiya holatilariga nisbatan murosasiz ko'nikmalarini shakllantirish to‘g‘risida ko'rsatmalar berib o'tildi.