2024- yilning 1-iyul holatiga Toshkent viloyatida faoliyat yuritayotgan kichik korxona va mikrofirmalar soni 34,9 mingtani tashkil etib, o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 3,2 mingtaga kamaygan yoki 8,5 %ga pasaygan. Kichik tadbirkorlik subyektlarining soni har 1000 aholiga 14,4 birlikni tashkil qildi. Viloyatda 6 oy mobaynida 3,4 mingta yangi kichik korxona va mikrofirmalar (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) tashkil qilindi.