24/07/2024

🔷 Joriy yilning 24- iyul kuni Toshkent viloyati statistika boshqarmasi boshligʻi Sh.Jamoldinov, boshqarma birinchi oʻrinbosari E.Urunov hamda “Investitsiya va qurilish statistikasi” boʻlimi boshlig‘i  A. Zuxriddinovlar tomonidan hududlarda 4 TJ soʻrovnoma oʻtkazish boʻyicha tuman (shahar) statistika boʻlimidan jalb qilingan intervuyrlar ishtirokida masofaviy videoaloqa orqali seminar tashkil etildi.

🔷 Onlayn seminarda foydalanishga topshirilgan yakka tartibdagi uy-joylar va hovlidagi xoʻjalik qurilishlari tanlanma statistika kuzatuvlarining asosiy maqsadi, kuzatuv instrumentariysi, tanlab olish tartibi va bosqichlari, soʻrovnomani toʻldirish va intervyurlarning majburiyatlari haqida tushintirishlar  berib oʻtildi.