19/07/2024

2024- yilning yanvar – iyun oylarida Toshkent viloyatida qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi mahsulot (xizmat)larining umumiy hajmi 17 214,1 mlrd. so‘mni yoki 2023-yilning mos davriga nisbatan 104,1 %ni, shu jumladan, dehqonchilik va chorvachilik, ovchilik va ushbu sohalarda ko‘rsatilgan xizmatlar – 16 567,9 mlrd. so‘mni (104,1 %), o‘rmon xo‘jaligi – 540,9 mlrd. so‘mni (103,5 %), baliqchilik xo‘jaligi – 105,3 mlrd. so‘mni (101,6 %) tashkil qildi. Respublika qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi tarkibida Toshkent viloyatining ulushi 10,1 %ni tashkil etdi.