19/07/2024

2024-yilning yanvar-may oylarida Oʻzbekiston Respublikasida bino va inshootlar qurilishi boʻyicha 40,5 trln soʻmlik qurilish ishlari bajarilib, umumiy hajmga nisbatan ulushi  68,5 % ni tashkil etdi. 

Qoraqalpogʻiston Respublikasida ushbu koʻrsatkich boʻyicha 1 533,5 mlrd soʻmlik qurilish ishlari bajarilib, umumiy hajmga nisbatan ulushi  67,7 % ni tashkil etdi.

Fuqarolik obyektlarini qurilishi faoliyatida 612,7 mlrd soʻmlik ishlar bajarilib,  umumiy hajmga nisbatan  ulushi – 27,1 % ni, ixtisoslashtirilgan qurilish ishlarida 118 mlrd soʻmlik ishlar bajarilib, umumiy hajmga nisbatan ulushi 5,2 % ni tashkil etdi.