19/07/2024

Dastlabki ma’lumotlar bo‘yicha, 2024- yilning yanvar-iyun oylarida viloyat korxonalari tomonidan 59 953,1 mlrd. so‘mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilgan bo‘lib, 2023- yilning mos davriga nisbatan sanoat ishlab chiqarishining fizik hajm indeksi* 107,1 %ni tashkil etdi. Sanoat ishlab chiqarishi tarkibida eng katta ulush ishlab chiqaradigan sanoat hissasiga to‘g‘ri kelib, uning jami sanoat ishlab chiqarishidagi ulushi 83,3 %ni hamda ishlab chiqarish hajmi 49 964,3 mlrd. so‘mni tashkil etdi.