08/07/2024

2024- yilning yanvar-mart oylarida Toshkent viloyati bo‘yicha barcha toifadagi xo‘jaliklar tomonidan tirik vaznda 73,9 ming tonna go‘sht yetishtirilgan. 2023- yilning mos davriga nisbatan 3,4 foizga ko‘p yetishtirildi.  Go‘sht yetishtirish ko‘rsatkichlari xo‘jaliklar toifalari bo‘yicha tahlil etilganda, go‘sht yetishtirish umumiy hajmidan 82,3 foizi dehqon  xo‘jaliklari hissasiga to‘g‘ri kelganini qayd etish zarur.

 Hududlar kesimida go‘sht yetishtirishda yuqori hajmni Yangiyo‘l tumani 7 005 tonna va O‘rta Chirchiq tumani 6 840 tonnaga to‘g‘ri keldi.