Toshkent viloyatida 2024- yil 1-iyun holatiga ko‘ra, yuridik shaxs sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tib, faoliyat ko‘rsatayotgan oilaviy korxonalar soni 3 651 tani tashkil qildi.
2020- yilning mos davriga nisbatan 482 taga ko‘paygan. Hududlar kesimida eng ko‘p taqsimlanishi (umumiy sonidagi ulushi) Bo‘stonliq (10,4 %), O‘rta Chirchiq (10,2 %) va Toshkent (9,0 %) tumanlarida faoliyat ko‘rsatmoqda.