08/07/2024

Nihoyat  BMT 2015- yilning 10- iyunida “2020- yilda aholi va uy-joy fondini ro‘yxatga olish borasidagi prinsiplar va tavsiyalar” rezolyutsiyasini qabul qildi. Unga ko‘ra, BMTga a’zo davlatlar kamida bir marta aholi va uy-joy fondini ro‘yxatga olishni o‘tkazishi belgilab qo‘yildi. Hozir Hamdo‘stlik davlatlarida bu jarayonga tayyorgarlik boshlanib ketgan.

Xususan, O’zbekistonda ham! Prezidentimizning 2019- yil 5- fevraldagi “O’zbekiston Respublikasida 2022- yilda aholini ro‘yxatga olishni o‘tkazish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi PF- 5655 Farmoni bu borada huquqiy asos bo‘lib xizmat qilmoqda.

Prezidentimiz PF-5655-sonli Farmoni asosida Aholini ro‘yxatga olish tadbirini o‘tkazish Konsepsiyasi tasdiqlandi va  ushbu Konsepsiya asosida O’zbekiston Respublikasining “Aholini ro‘yxatga olish to‘g‘risida”gi Qonuni loyihasi ishlab chiqilib,  2020- yil 16 martda  611-son Qonun  qabul qilindi.

  Ushbu Qonun qabul qilingan so‘ng “O’zbekiston Respublikasida 2023 yilda aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida” O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020- yil 11- noyabrdagi  710-son qarori chiqarilgan.

Vazirlar Mahkamasining ushbu 710-son qarori bilan 2021- yil 1-25 noyabr kunlari Respublikamizning Andijon viloyati Xo‘jaobod tumanida, Toshkent viloyati Yuqori Chirchiq tumanida, Xorazm viloyati Xiva shahrida hamda Toshkent shahri Yashnobod tumanida aholini sinov tariqasida ro‘yxatdan o‘tkazish belgilab berildi va yuqorida qayd qilingan hududlarda sinov tariqasida aholi ro‘yxatdan o‘tkazildi.