02/07/2024

2024- yil yanvar-may oylarida Toshkent viloyatida aloqa va axborotlashtirish xizmatlarining umumiy hajmi 556,9 mlrd. so‘mni va o‘tgan yilga nisbatan 120,4 %ni tashkil etdi.

Aloqa va axborotlashtirish xizmatlarining eng katta hajmni telekommunikatsiya xizmatlari egallaydi. 2024- yilning yanvar-may oylarida ularning ulushi 78,5 foizni tashkil etdi.

Hududlar kesimida eng yuqori aloqa va axborotlashtirish xizmatlari hajmi Zangiota tumanida qayd etilgan (63,5 mlrd. soʻm) va ushbu hududning jami aloqa va axborotlashtirish xizmatlari hajmidagi ulushi 11,4 %ni tashkil etdi.