01/07/2024

2024- yilning yanvar-may oylada viloyatda elektr, gaz, bug‘ bilan ta’minlash va havoni konditsiyalash korxonalari tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlar hajmi 6,3 trln. so‘mni (jami ishlab chiqarilgan sanoat mahsulotlari hajmining (13,9 %ini) tashkil etdi. Sanoatning mazkur tarmog‘ida elektr energiyani ishlab chiqarish, uzatish va taqsimlash, bug‘ bilan ta’minlash tizimlari va havoni konditsiyalashning o‘tgan yilning mos davriga nisbatan fizik hajm indeksi 23,2 %ga oshganligi kuzatildi.