28/06/2024

2024- yilning yanvar–mart oylarida Toshkent viloyatida chorvachilik mahsulotlarini yetishtirish hajmi 4 547,9 mlrd. so‘mni yoki 2023- yilning mos davriga nisbatan 103,6 %ni tashkil qildi. Yetishtirilgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining umumiy hajmida chorvachilik mahsulotlarining ulushi 91,3 %ni tashkil etdi.

Barcha toifadagi xo‘jaliklar tomonidan 73,9 ming tonna go‘sht, 169,5 ming tonna sut 250,4 mln. dona tuxum  yetishtirildi va 2 470,5 tonna baliq ovlandi.