14/06/2024

Joriy yilning 14- iyun kuni Toshkent viloyati statistika boshqarmasida “Korrupsiyaga qarshi kurashish - barchamizning burchimiz” mavzusida seminar o‘tkazildi. Unda Toshkent viloyati statistika boshqarmasi bosh yuriskonsulti K.Urazbaev hamda tarmoq bo‘lim xodimlari ishtirok etishdi.

Seminarda hozirgi kunda mamlakatimizda korrupsiya illatiga qarshi kurashish masalasida olib borilayotgan amaliy ishlar hamda qabul qilingan meyoriy hujjatlar toʻgʻrisida, korrupsiya har qanday davlat va jamiyatning siyosiy-iqtisodiy rivojlanishiga jiddiy putur yetkazishini, davlatning konstitutsiyaviy asoslarini va qonun ustuvorligini zaiflashtirib, oqibatda inson huquq va erkinliklarining poymol bo‘lishiga olib kelishini aytib o‘tdi. 

 Shuningdek, seminar davomida statistika organlarida mazkur yo‘nalishlarda ishlarni yanada kuchaytirish,  xodimlarning ish faoliyati jarayoni boʻyicha tizimli nazorat o‘rnatish hamda huquqni muhofaza qiluvchi idoralar bilan hamkorlikni kuchaytirish bo‘yicha tegishli vazifalar muhokama etildi.