Toshkent viloyatida kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarining chakana savdo tovar aylanmasi hajmi 2024- yilning yanvar-may oylarida statistik hisob-kitoblarga ko‘ra 9 992,5 mlrd. so‘mni tashkil etib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 9,4 %ga oshdi. Bu esa umumiy savdo hajmining 85,8 % ulushiga to‘g‘ri keladi.