2024- yilning yanvar-may oylarida Oqqo‘rg‘on tumanida 349,8 mlrd. so‘mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilgan bo‘lib, sanoat mahsulotlari ishlab chiqarishda hududning ulushi 0,8 %ni va o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 102,8 %ni tashkil qildi.
Tumanda aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarishi 3,1 mlrd. so‘mga yetdi.