25/06/2024

2024- yil 1-iyun holatiga koʻra, Toshkent viloyatida sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan jami korxona va tashkilotlarning soni 841 tani tashkil qildi va uning salmoqli qismini yoki 714 tasi tadbirkorlik subyektlari hissasiga to‘g‘ri kelgan.

Yo‘nalishlar bo‘yicha tahlil shuni ko‘rsatdiki:

- sog‘liqni saqlash sohasida faoliyat yuritayotgan korxonalarning jamiga nisbati 94,3 foizni;

- yashash uchun joy bilan ta’minlangan holda parvarishlash yo‘nalishidagi korxonalar soni jamiga nisbati 3,4 foizni;

- yashash uchun joy bilan ta’minlanmagan holda ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish yo‘nalishidagi korxonalar soni ushbu sohaning 2,3 foizni tashkil etdi.