2024- yilning yanvar-may oylarida chakana savdo tovar aylanmasi tarkibida ovqatlanish tashkilotlarining savdo aylanmasi 44,1 mlrd. so‘mga yetdi va o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 6,1 %ga ko‘paydi. Shundan: yirik korxonalar savdo aylanmasi hajmi 7,9 mlrd. so‘m, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarining jami savdo aylanmasi hajmi 36,1 mlrd. so‘m miqdorida qayd etildi.