24/06/2024

2024- yilning yanvar-may oylarida viloyat korxonalari tomonidan 45 305,4 mlrd. so‘mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilgan bo‘lib, 2023- yilning mos davriga nisbatan sanoat ishlab chiqarishining fizik hajm indeksi* 106,8 %ni tashkil etdi. Sanoat ishlab chiqarishi tarkibida eng katta ulush ishlab chiqaradigan sanoat hissasiga to‘g‘ri kelib, uning jami sanoat ishlab chiqarishidagi ulushi 81,8 %ni hamda ishlab chiqarish hajmi 37 073,7 mlrd. so‘mni tashkil etdi.