2024- yilning yanvar-may oylarida Toshkent viloyatida transport xizmatlari hajm 3 023,6 mlrd. soʻmni tashkil etib, 2023-yilning mos davriga nisbatan ushbu xizmat turi 12,5 %ga oshgan.
Transport xizmatlarining umumiy hajmida avtomobil transporti xizmatlari ustunlik qiladi – 91,7%.
Hududlar kesimida mazkur yoʻnalishda nisbatan yuqori koʻrsatilgan xizmatlar hajmi Yangiyo‘l tumanida (243,5 mlrd. soʻm), Angren (223,6 mlrd. soʻm) hamda Olmaliq (205,5 mlrd. soʻm) shaharlarida qayd etildi.