21/06/2024

Toshkent viloyati bo‘yicha 2024- yilning yanvar - mart oylarida yetishtirilgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari hajmi 4 980,7 mlrd. so‘mni yoki 2023- yilning mos davriga nisbatan 103,6 %ni, shu jumladan, dehqonchilik mahsulotlari (103,2 %)ni, chorvachilik mahsulotlari – (103,6 %)ni tashkil qildi.

Xo‘jalik toifalari bo‘yicha tahlillar, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari umumiy hajmining 82,6 % – dehqon va tomorqa xo‘jaliklariga 5,8 % – fermer xo‘jaliklariga 11,6 % – qishloq xo‘jaligi faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlarga to‘g‘ri kelishini ko‘rsatmoqda.