21/06/2024

2024- yilning yanvar-mart oylarida YAHMning o‘sishi hudud iqtisodiyotining asosiy tarmoqlaridagi ijobiy o‘sish sur’atlari bilan bog‘liqdir. O‘sish sur’atlari qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligida 103,5 % (YAHMning tarmoqlar bo‘yicha tarkibidagi ulushi – 13,1 %), sanoatda – 106,2 % (tarmoqlar bo‘yicha tarkibidagi ulushi 50,2 %), qurilishda – 111,3 % (tarmoqlar bo‘yicha tarkibidagi ulushi 6,3 %), xizmatlar sohasida – 108,6 %ni (tarmoqlar bo‘yicha tarkibidagi ulushi 30,4 %) tashkil etdi. Xizmatlar sohasi tarkibida o‘sish sur’atlari savdo, yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlarda 110,9 % (tarmoqlar bo‘yicha tarkibidagi ulushi 7,6 %), tashish va saqlash, axborot va aloqa 112,1 % (tarmoqlar bo‘yicha tarkibidagi ulushi 5,8 %), boshqa xizmat tarmoqlarida 106,3 %dan (tarmoqlar bo‘yicha tarkibidagi ulushi 17,0 %)dan iborat bo‘ldi.