21/06/2024

2024- yilning yanvar-may oylarida Toshkent viloyatida kichik korxona va mikrofirmalar tomonidan bajarilgan qurilish ishlari hissasiga jami qurilish ishlari hajmining 59,3 foizi to‘g‘ri keldi. Shuningdek, ular hissasiga to‘g‘ri kelgan qurilish ishlari hajmi 2023- yilning mos davriga nisbatan 108,4 foizni tashkil etgan holda 3,5 trln. so‘m miqdorida qayd etildi.

Joriy yilning hisobot davrida kichik korxona va mikrofirmalar tomonidan eng yuqori ulush ko‘rsatkichi Zangiota tumani (449,1 mlrd. so‘m yoki umumiy hajmga nisbatan 13,0 % ), Yuqori Chirchiq ( 368,7 mlrd. so‘m yoki umumiy hajmga nisbatan 10,7 %) Nurafshon shaxri (246,4 mlrd. so‘m yoki umumiy hajmga nisbatan 7,1 %)ga to‘g‘ri keldi.