19/06/2024

2024- yilning yanvar-martida kichik biznes subyektlari tomonidan amalga oshirilgan mahsulot (ishlar va xizmatlar) importining hajmi 458,0 million AQSH dollarini yoki jami importning 59,0 %ini tashkil etdi.

Kichik tadbirkorlik subyektlari tomonidan amalga oshirilgan mahsulotlar (ishlar va xizmatlar) importining jami importga nisbatan eng yuqori ulushi Quyi Chirchiq tumani – 100,0 %, Bo‘ka tumani– 100,0 %, Bekobod tumani – 100,0 %, Oqqo‘rg‘on shahri – 100,0 %, Yangiyo‘l shahri– 95,1 %, Zangiota tumani– 93,6 %, hamda Chinoz tumani 91,7 %ni tashkil etdi.