19/06/2024

2024- yil yanvar-aprel oylarda viloyatda 6 822 ta sanoat korxonalari faoliyat ko‘rsatmoqda, shundan 990 tasi (ro‘yxatdan o‘tgan korxonalar umumiy sonining 14,5 %) Zangiota tumaniga, 624 tasi (9,1 %) Qibray tumaniga, 579 tasi (8,5%) Toshkent tumaniga, 445 tasi ((6,5 %) Chirchiq shahriga, 339 tasi (5,0 %) Angren shahriga to‘gri kelmoqda.

Viloyatda 474 ta yangi sanoat korxonalari tashkil etildi, shulardan 64 tasi (ro‘yxatdan o‘tgan korxonalar umumiy sonining 13,5 %) Zangiota tumaniga, 27 tasi (5,7 %) Qibray tumaniga, 33 tasi (7,0 %) Toshkent tumaniga, 19 tasi (4,0 %) Chirchiq shahriga, 19 tasi (4,0 %) Angren shahriga to‘gri kelmoqda.