14/06/2024

Qurbon hayiti bayrami arafasida nuroniylarni e’zozlash, hurmat ko‘rsatish va qutlug‘ kunlarda ularning duolarini olish maqsadida Toshkent viloyati statistika boshqarmasida uzoq yillar mehnat qilib, ayni paytda keksalik gashtini surayotgan faxriylar holidan xabar olindi.

O‘z navbatida, faxriylarimiz bunday eʼtibordan mamnun ekanliklarini bildirib, yurtimizga tinchlik, oilalarimizga totuvlik, roʻzgʻorlarimizga Baraka tilab, duolar qilishdi.