Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan ishlab chiqilgan yangicha – mahallabay va fuqarobay tizimi asosida xalq bilan muloqot qilish, ish tashkil etish, joylardagi muammolarni o‘rganish hamda ularning yechimini topish avvalo, aholining turmush farovonligini oshirishga xizmat qilmoqda.
Bu jarayonda boshqa vazirlik va idoralar bilan bir qatorda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi ham faol qatnashmoqda.
Agentlik ishchi guruhi vakillari Qurbon hayiti bayrami arafasida Bekobod shahridagi mahallalarda uyma-uy yurib, kam taʼminlangan, boquvchisini yoʻqotganlar, keksalar va nogironlar holidan xabar olib, oziq-ovqat mahsulotlari tarqatildi.
Ishchi guruhi vakillari tomonidan “Mahallabay” tizimidagi bu kabi xayriya ishlari davom ettirilmoqda.