2024-yilning yanvar-mart oylarida Oʻzbekiston Respublikasi boʻyicha toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalar hisobidan 33,3 trln soʻm investitsiyalar oʻzlashtirilib, 2023 yilning mos davriga nisbatan 2,5 martaga oshdi.
Shuningdek, asosiy kapitalga oʻzlashtirilgan toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalar hududiy tarkibida eng yuqori koʻrsatkichlar Jizzax viloyatida – hududdagi jami investitsiyalarning – 50,1 % ini, Buxoro viloyatlarida – 45,5 % va Surxondaryo viloyatida – 44 % miqdorida kuzatildi.