11/06/2024

Joriy yilning 11-iyun kuni Toshkent viloyati statistika boshqarmasining “Ro‘yxatga olish jarayonlarini tashkil etish va uni o‘tkazish” bo‘lim xodimlari tomonidan aholini ro‘yxatga olish jarayoniga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida O‘rta Chirchiq, Quyi Chirchiq tumanlari va Angren shahrining mahalla fuqarolar yig‘inlarida mahalla faollari bilan birgalikda raqamlanmagan xonadonlarga raqam o‘rnatilganligi va nom belgilari o‘rnatilmagan ko‘chalar holatini o‘rganish ishlari davom etmoqda.