11/06/2024

Toshkent viloyati bo‘yicha 2024- yilning yanvar-mart oylarida hudud iqtisodiyotining barcha tarmoqlarida yaratilgan yalpi qo‘shilgan qiymat hajmi umumiy YAHMning 95,3 %ini, mahsulotlarga sof soliqlar esa 4,7 %ini tashkil etdi. Hisobot davrida qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligining YAHMning tarmoqlar bo‘yicha tarkibidagi ulushi 13,1 %ni, sanoat tarmog‘i 50,2 %ni, qurilish 6,3 %ni va xizmatlar sohasi 30,4 %ni tashkil qildi.