11/06/2024

2024- yilning yanvar - mart oylarida Toshkent viloyatida yetishtirilgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari hajmi 4 980,7 mlrd. so‘mni yoki 2023- yilning mos davriga nisbatan 103,6 %ni, shu jumladan, dehqonchilik mahsulotlari – 432,7 mlrd. so‘mni (103,2 %), chorvachilik mahsulotlari – 4 548,0 mlrd. so‘mni (103,6 %) tashkil qildi.

Yetishtirilgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari tarkibidagi fermer xo‘jaliklarining ulushi bo‘yicha eng yuqori ko‘rsatkich Parkent tumani (11,3 %), dehqon va tomorqa xo’jaliklarining eng yuqori ulushi Bekobod shahar (100,0 %), qishloq xo‘jaligi faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlarning eng yuqori ulushi Yangiyo‘l tumanida (37,7 %) qayd etildi.