10/06/2024

2024- yilning yanvar - mart oylarida qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi mahsulot (xizmat)larining umumiy hajmi 5 361,6 mlrd. so‘mni yoki 2024- yilning mos davriga nisbatan 103,6 %ni, shu jumladan, dehqonchilik va chorvachilik, ovchilik va ushbu sohalarda ko‘rsatilgan xizmatlar – 5 068,5 mlrd. so‘mni (103,6 %), o‘rmon xo‘jaligi – 243,7 mlrd. so‘mni (103,6 %), baliqchilik xo‘jaligi – 49,4 mlrd. so‘mni (109,5 %) tashkil qildi. Respublika qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi tarkibida Toshkent viloyatining ulushi 11,9 %ni tashkil etdi.