10/06/2024

Toshkent viloyati bo‘yicha kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarining chakana savdo tovar aylanmasi hajmi 2024- yilning anvar-aprel oylarida statistik hisob-kitoblarga ko‘ra 7 848,3 mlrd. so‘mni va yirik korxonalarning tovar aylanmasi hajmi 1 223,1 mlrd. so‘mni tаshkil qildi.

Tahliliy natijalarga ko‘ra chakana savdo tovar aylanmasida kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarining ulushi bo‘yicha O‘rta Chirchiq (99,6 %), Oqqo‘rg‘on (99,3%) va Ohangaron (99,0 %) tumanlari yetakchilik qilmoqda. Chakana savdo tovar aylanmasi tarkibida yirik korxonalarning ulushi 13,5 %ni tashkil etib, eng katta ulush Chirchiq shahar (9,5 %) hamda Bo‘stonliq (12,6 %), Zangiota (11,6 %) va Toshkent (8,3 %) tumanlarida kuzatildi.