07/06/2024

Joriy yilning 7- may kuni Toshkent viloyati statistika boshqarmasida O‘zbekiston Respublikasining «Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida»gi qonunining mazmun-mohiyatini tushuntirish bo‘yicha seminar o‘tkazildi. Unda boshqarma xodimlari qatnashdi.

Seminarda boshqarma bosh yuriskonsulti K.Urazbaev tomonidan Prezidentimizning «Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida»gi qonun imzolangani va qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran 6 oy o‘tgach kuchga kirishi, qonun davlat organlariga va mahalliy davlat hokimiyati organlariga, davlat muassasalariga, davlat unitar korxonalariga, davlat maqsadli jamg‘armalariga, shuningdek, ustav fondida davlat ulushi 50 foiz miqdorda va undan ortiq bo‘lgan aksiyadorlik jamiyatlariga nisbatan tatbiq etilishi;

O’zbekiston Respublikasining 08.08.2022- yildagi «Davlat fuqarolik xizmati to‘g‘risida»gi konunining 19-moddasida, Manfaatlar to‘qnashuvi davlat fuqarolik xizmatchisining shaxsiy (bevosita yoki bilvosita) manfaatdorligi uning o‘z xizmat vakolatlarini lozim darajada bajarishiga ta‘sir ko‘rsatadigan yohud ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan hamda fuqarolarning, jamiyatning yoki davlat organining shaxsiy manfaatdorligi va huquqlari, qonuniy manfaatlari o‘rtasida qarama-qarshilik yuzaga keladigan yoki yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan vaziyatdir-deb ta‘rif berilganligi;

Qonunda davlat organining yoki boshqa tashkilotning xodimi, manfaatlar to‘qnashuvi, manfaatlar to‘qnashuvini tartibga solish bo‘yicha maxsus bo‘linma, shaxsiy manfaatdorlik, yaqin qarindoshlar kabi asosiy tushunchalar kiritilganligi;

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi manfaatlar to‘qnashuvi bilan bog‘liq munosabatlarni tartibga solish sohasidagi maxsus vakolatli davlat organi hisoblanishi;

Davlat organi yoki boshqa tashkilot xodimi tomonidan qonun talablariga rioya etilishi ustidan nazorat ushbu davlat organida yoki boshqa tashkilotda tuzilgan odob-axloq komissiyasi tomonidan amalga oshirilishi;

Qonunga ko‘ra, manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risidagi axborotni oshkor etish davlat organining yoki boshqa tashkilotning xodimi tomonidan mavjud manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida xabarnoma hamda ehtimoliy manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida deklaratsiya taqdim etish orqali amalga oshirilishi belgilanganligi ta’kidlandi.