Toshkent viloyati bo‘yicha 2024- yilning yanvar-aprel oylarida ulgurji savdo tovar aylanmasi 8,5 trln. so‘mni tashkil etib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 10,9 %ga o‘sdi.
Ulgurji savdo tovar aylanmasida o‘tgan yilning shu davriga nisbatan yuqori o‘sish sur’atlariga ega yirik hududlar Bekobod shahri (105,4 %) hamda Ohangaron (138,7 %) va Chinoz (175,8 %) tumanlarida kuzatildi.