06/06/2024

2024- yilning yanvar-aprel oylarida Toshkent viloyatining chakana savdo tovar aylanmasi 9071,4 mlrd. so‘mni tashkil etib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 109,8 %ga yetdi.

O‘tgan yilning mos davriga nisbatan viloyatning Ohangaron shahri (114,1 %), Zangiota (114,2 %) va Bo‘stonliq (112,1 %) tumanlarida chakana savdo tovar aylanmasining eng yuqori o‘sish sur’atlari qayd etildi.

Toshkent viloyatida chakana savdo tovar aylanmasida eng yuqori ulush Olmaliq shahar - 8,5 % (773,9 mlrd. so‘m), Zangiota tumani - 12,2 % (1 110,2 mlrd. so‘m), Toshkent tumani - 8,4 % (760,9 mlrd. so‘m) hissasiga toʻgʻri keldi.