06/06/2024

2024- yilning yanvar-martida Toshkent viloyatida kichik tadbirkorlik subyektlari tomonidan asosiy kapitalga kiritilgan investitsiyalar hajmi 7 ,2 trln. so‘mni yoki jami investitsiya hajmining 52,2 %ini tashkil etdi.

Hududlar kesimida kichik tadbirkorlik subyektlarining eng yuqori asosiy kapitalga kiritilgan investitsiyalar hajmi Yuqori Chirchiq tumani (1900,2 mlrd. so‘m), Ohangaron tumani (711,9 mlrd. so‘m), Angren shahri (671,9 mlrd. so‘m), Zangiota tumani (513,3 mlrd. so‘m), Qibray tumani (446,7 mlrd. so‘m), Chirchiq shahri (413,5 mlrd. so‘m), Toshkent tumani (363,6 mlrd. so‘m) hamda Quyi Chirchiq (317,1 mlrd. so‘m) tumanlarida qayd etildi.