05/06/2024

2024- yil 1-may holatiga ko‘ra, yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalar soni 2 961 taga yetdi.

Ushbu xizmatlar sohasi tahlili shuni ko‘rsatdiki: - mehmonxonalar, turistik oromgohlar, dam olish va ko‘ngilochar parklar yashash bo‘yicha xizmatlar yo‘nalishining asosiy faoliyati hisoblanib, 2024-yil 1-may holatiga ko‘ra, yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlarning 10,4 % ulushini tashkil etdi;

- restoran va buyurtma bo‘yicha oziq–ovqat va ovqat mahsulotlarini yetkazish, oziqovqat va ichimliklar yetkazish bo‘yicha xizmatlar yo‘nalishining asosi hisoblanib, yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar sohasining 89,6 % ulushini tashkil etdi.

Yashashboʻyicha xizmatlar - 307 ta

Oziq-ovqat va ichimliklar yetkazish boʻyicha xizmatlar - 2 654 ta