05/06/2024

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasida  2022- yilda aholini ro‘yxatdan o‘tkazish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida” 2019- yil 5- fevraldagi PF-5655-son Farmoni, O‘zbekiston Respublikasining 2020- yil 16- martdagi “Aholini ro‘yxatga olish to‘g‘risida”gi 611-son qonuni hamda Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasida 2023-yilda aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020- yil 11- noyabrdagi 710-sonli qarorlari ijrosini ta’minlash maqsadida Toshkent viloyati tuman (shahar)larining Mahalla fuqarolar yig‘inlarida  mavjud raqamsiz uylarni raqamlashtirish hamda nom belgilari o‘rnatilmagan ko‘chalarga nom belgilarini o‘rnatish ishlarini amalga oshirish bo‘yicha tuman, shahar hokimliklari huzuridagi aholini ro‘yxatga olishni o‘tkazishga ko‘maklashish bo‘yicha hududiy komissiyalariga berilgan topshiriqlarni  qay darajada bajarilishi yuzasidan viloyatning olis tog‘li hududlarida joylashgan MFYlarda viloyat statistika boshqarmasi xodimlari tomonidan  o‘rganishlar o‘tkazilmoqda.

O’rganishlar natijasida viloyatning tuman va shahar shahar hokimliklari huzuridagi aholini ro‘yxatga olishni o‘tkazishga ko‘maklashish bo‘yicha hududiy komissiyalar tomonidan Respublika hukumatining yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan Farmon, Qonun va qarorlari ijrosini ta’minlash bo‘yicha umuman ishlar tashkil etilmaganligi aniqlanmoqda.

Tuman va shahar hokimlarining aholini ro‘yxatga olishni o‘tkazishga tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha berilgan topshiriqlarni bajarmayotganligiga mana bir misol: 

Statistika boshqarmasi xodimlari tomonidan viloyatning eng olis hududi, ya’ni   (Toshkent shahridan 317 km uzoqlikda joylashgan) Bo‘stonliq tumani, Pskom MFYda o‘rganish o‘tkazilganda MFY hududida jami  3 ta ko‘cha, 152 ta turar va 2 ta noturar joylar mavjudligi, ko‘chalarda nom belgilari o‘rnatilmaganligi, turar hamda noturar joylar umuman raqamlanmaganligi aniqlangan.

O’rganish jarayonida MFY raisi Fayziyev Farrux Quronboyevich va uning mas’ul xodimlariga Respublika hukumatining yuqorida qayd qilingan Farmon, Qonun va qarorlari talablari to‘g‘ri tushuntirilishi natijasida MFYdagi barcha turar va noturar joylar to‘liq raqamlandi va nomlanmagan ko‘chalarga nom belgilari o‘rnatildi.