03/06/2024

Viloyatimizda 2024- yilning 1- may holatiga jami faoliyat ko‘rsatayotgan  korxona va tashkilotlar (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) 43 409 ta bo‘lib, shundan kichik tadbirkorlik subyektlari soni 37 206 tani tashkil etgan.

Faoliyat ko‘rsatayotgan kichik tadbirkorlik subyektlari sonining yuqori ko‘rsatkichlari quyidagi hududlarda qayd etilgan:

  • Zangiota tumani – 4 568 ta
  • Qibray tumani – 3 385 ta
  • Toshkent tumani – 2 637 ta
  • Chirchiq shahri – 2 451 ta

 Iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha esa kichik tadbirkorlik subyektlari soni quyidagicha taqsimlangan:

  • savdo sohasida – 14 151 ta
  • sanoat sohasida – 6 660 ta
  • qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi sohasida – 3 742 ta
  • qurilish sohasida – 2 719 ta
  • yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar sohasida – 2 920 ta