Joriy yilning 30-may kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligida Qoraqalpogʻiston Respublikasi stаtistikа boshqarmasi xodimlari uchun STATA dasturidan foydalanish va ish jarayoniga tatbiq etish bo‘yicha vebinar tashkil etildi.
Mazkur vebinarda xodimlarga STATA dasturidan foydalanish va ish jarayoniga tatbiq etish bo‘yicha nazariy va amaliy ko‘nikmalar berildi. Shuningdek, dasturdan foydalanish hamda maʼlumotlar xavfsizligi masalalari amaliy misollar bilan tushuntirildi va ularni qiziqtirgan savollarga mutaxassislar tomonidan atroflicha javob berildi.
Vebinar yakunida Qoraqalpogʻiston Respublikasi statistika boshqarmasi xodimlariga dastur bilan ishlash bo‘yicha o‘quv qo‘llanmalar havolalari taqdim etildi.