31/05/2024

2024- yil yanvar-martida Toshkent viloyatida kichik tadbirkorlik subyektlari tomonidan amalga oshirilgan qurilish ishlari hajmi 2,9 trln. so‘mni yoki qurilish ishlari umumiy hajmining 81,3 %ini tashkil etdi. O‘sish sur’ati 2023- yil yanvar-mart oylariga nisbatan 111,1 %ni tashkil qildi.

Hududlar kesimida kichik tadbirkorlik subyektlarining eng ko‘p bajarilgan qurilish ishlari hajmi Zangiota tumani (334,2 mlrd. so‘m), Qibray tumani (282,9 mlrd. so‘m), Toshkent tumani (273,1 mlrd. so‘m), Yuqori Chirchiq tumani (217,5 mlrd. so‘m), O‘rta Chirchiq tumani (171,1 mlrd. so‘m), Bekobod shahri (148,5 mlrd. so‘m) hamda Nurafshon (140,9 mlrd. so‘m) shaharlarida qayd etildi.