2024- yilning 1- aprel holatiga ko‘ra, Toshkent viloyatida parrandalarning umumiy bosh soni 16 648 ming taga yetdi. 2023- yilning mos davri bilan solishtirilganda, barcha toifadagi xo‘jaliklarda parrandalar bosh soni – 1 717 ming taga (11,5 %) ko‘paydi.
Parrandalar bosh soni to‘g‘risidagi ma’lumotlar xo‘jalik toifalari bo‘yicha tahlil etilganda, jami parrandalarning 56,1 %i dehqon va tomorqa xo‘jaliklariga to‘g‘ri kelishi kuzatildi.