31/05/2024

Viloyatimizda 2024- yilning yanvar-aprel oylarida yangi tashkil etilgan kichik tadbirkorlik subyektlari (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) soni 2201 tani tashkil etgan bo‘lib, ular iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha quyidagicha taqsimlangan:

  • savdo sohasida – 832 ta
  • sanoat sohasida – 473 ta
  • qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi sohasida – 164 ta
  • yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar sohasida – 220 ta
  • qurilish sohasida – 127 ta
  • tashish va saqlash sohasida – 59 ta
  • axborot va aloqa sohasida – 56 ta
  • sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish sohasida – 37 ta
  • boshqa sohalarda – 233 tani tashkil etgan.