31/05/2024

2024-yilning 1-may holatiga viloyatimizda jami faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlar (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) soni 43 409 tani tashkil etib, shundan 87,7 foizini (37 206 tani) kichik tadbirkorlik subyektlari tashkil etganligi ma’lum bo‘ldi.

Hududlar kesimida faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlar soni quyidagi ko‘rinishda taqsimlangan:

  • Oqqo‘rg‘on tumani – 1 168 ta
  • Ohangaron tumani– 1 147 ta
  • Bekobod tumani– 1 350 ta
  • Bo‘stonliq tumani– 2 282 ta
  • Bo‘ka tumani– 1 250 ta
  • Quyi Chirchiq tumani– 1 338 ta
  • Zangiota tumani– 4 975 ta
  • Yuqori Chirchiq tumani– 2 299 ta
  • Qibray tumani– 3 891 ta
  • Parkent tumani– 2 206 ta
  • Piskent tumani. – 1 103 ta
  • O‘rta Chirchiq tumani– 2 013 ta
  • Chinoz tumani– 1 305 ta
  • Yangiyo‘l tumani– 1 996 ta
  • Toshkent tumani– 2 959 ta
  • Nurafshon shahri– 1 132 ta
  • Olmaliq shahri– 1 749 ta
  • Angren shahri– 2 419 ta
  • Bekobod shahri– 1 515 ta
  • Ohangaron shahri– 1 055 ta
  • Chirchiq shahri– 2 849 ta
  • Yangiyo‘l shahri– 1 408 ta