30/05/2024

2024- yilning yanvar- aprel oylarida Toshkent viloyatida moliyaviy xizmatlar hajmi 118,1 mlrd. so‘mga oshib, 1 584,6 mlrd. so‘mga yetdi. Umumiy bozor xizmatlari hajmida ushbu xizmatlarning ulushi 13,7 %ni tashkil etdi. Jami moliyaviy xizmatlarning o‘sish sur’ati 102,5 %ni tashkil etdi.

Moliyaviy xizmatlarning  tarkibida sug‘urta va nafaqa ta’minoti bo‘yicha xizmatlardan tashqari moliyaviy xizmatlar 93,9 foizni, sug‘urta bo‘yicha xizmatlar 4,2 foizni  va yordamchi moliyaviy faoliyat 1,9 foizni tashkil etdi.

Sug‘urta va nafaqa ta’minoti bo‘yicha xizmatlardan tashqari moliyaviy xizmatlar 1 487,4 mlrd. so‘mga yetdi.