30/05/2024

Joriy yilning yanvar-aprel oylarida Tokshent viloyatida kompyuter va maishiy tovarlarni ta’mirlash bo‘yicha xizmatlar hajmi 252,7 mlrd. so‘mga yetdi va o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirganda o‘sish sur’ati 108,9 foizni tashkil qildi. Umumiy bozor xizmatlari hajmida ushbu xizmatlarning ulushi 2,2 %ni tashkil etdi.

Boshqa shaxsiy foydalanish buyumlari va maishiy tovarlarni ta‘mirlash bo‘yicha xizmatlar jami kompyuterlar va maishiy tovarlarni ta’mirlash xizmatlarining 25,7 %ni tashkil etdi.