2024- yilning yanvar-aprel oylarida Toshkent viloyatida kichik korxona va mikrofirmalar tomonidan bajarilgan qurilish ishlari hissasiga jami qurilish ishlari hajmining 55,4 foizi to‘g‘ri keldi. Shuningdek, ular hissasiga to‘g‘ri kelgan qurilish ishlari hajmi 2023- yilning mos davriga nisbatan 102,1 foizni tashkil etgan holda 2,7 trln. so‘m miqdorida qayd etildi.