29/05/2024

2024- yilning yanvar-mart oylarida viloyatimizga ko‘chib kelganlar soni 7 502 kishini tashkil etib, bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 1186 kishiga ko‘paygan. Hududlar kesimida eng yuqori ko‘rsatkich Toshkent tumaniga - 858 kishi, Zangiota tumaniga- 882 kishi va Chirchiq shahriga - 654  kishi ko‘chib kelgan.

Shuningdek viloyatimizdan ko‘chib ketganlar soni esa 6 600 tani tashkil qilib, o‘tgan yil bilan solishtirganda 714 kishiga ko‘paygan. Ko‘chib ketganlar sonining eng past ko‘rsatkichi Ohangaron shahrida - 98 kishi, Nurafshon shahrida -  134 kishi va Piskent tumanida - 130 kishini tashkil qildi.